Bangladesh politsiyasi Dakkada hujumlar rejalashtirgan besh nafar xudkush terrorchini qo‘lga oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, qo‘lga olingan jangarilar “Jamoat al-Mujohiddin” terrorchi guruhi a’zolaridir.
Qo‘lga olinganlarning to‘rt nafari xudkush, bir nafari esa bomba tayyorlashga mas’ul edi. Politsiya 25 ta detonator hamda portlovchi uskunalar tayyorlashda qo‘llanadigan ko‘plab materiallarni topdi.
Izoh (0)