Avstraliyada 3-avgust kuni sodir bo‘lgan YTHda og‘ir jarohatlangan “Dunyo go‘zali” tanlovining 17 yoshli finalchisi Elis Mille-Kennedi olamdan o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qiz o‘rta maktab o‘quvchisi bo‘lib, Kvinslend shtatida istiqomat qilar edi. Uning mashinasi boshqa mashina bilan yuzma-yuz to‘qnashgani bois qiz og‘ir jarohatlar olgan edi.
Mille-Kennedining oilasi va yaqinlari uni davolash uchun mablag‘ to‘plash aksiyasini tashkil etdi, ammo bu foyda qilmadi. Bir necha kun og‘ir ahvolda yotgan Elis olamdan o‘tdi.
Izoh (0)