Rossiya mudofaa vazirligi radiatsiya, kimyo va biologik himoya qo‘shinlari mutaxassislari Yamal-Nenets avtonom okrugidagi Sibir kuydirgisi tarqalgan hududda ushbu kasallikdan halok bo‘lgan ikki mingdan ortiq bug‘u qoldiqlarini yo‘q qildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Mudofaa vazirligi mutaxassislari sutka davomida 200 dan 350 tagacha bug‘u qoldig‘ini yoqib yubormoqda. Jami halok bo‘lgan hayvonlarning 87 foizi yo‘q qilindi, kuydirgi tarqalgan hududda 2062 hayvon qoldig‘i yo‘q qilindi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida. Tundrada kasallik oqibatida jami 2,3 mingdan ortiq hayvon halok bo‘ldi.
Kasallik tarqalgan hududning bevosita o‘chog‘ida oltita mobil guruh — ularning har birida 12 nafar yo‘q qiluvchi ish olib bormoqda.
Yamalda Sibir kuydirgisiga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya 1-avgust kuni boshlangan edi.
Izoh (0)