Afg‘oniston hududida, “Tolibon” ekstremistik harakati nazorati ostidagi mintaqada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan Pokistonning Mi-17 vertolyoti ekipajining barcha a’zolari, shu jumladan, rossiyalik muhandis Sergey Sevastyanov ham jangarilar tomonidan qo‘yib yuborildi. Bu haqda, diplomatik manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Vertolyot ekipaji yetti kishidan iborat bo‘lib, ularning olti nafari pokistonliklar, bir nafari rossiyalik edi.
Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Afg‘onistonning Log‘ar viloyatida Pokistonning Mi-17 vertolyoti “Tolibon” jangarilariga tegishli hududga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Ekipajning yetti a’zosi orasida rossiyalik muhandis ham bor edi. Toliblar ularning barini garovga oldi.
Keyinchalik Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi ushbu axborotni tasdiqladi.
Izoh (0)