O‘zbekistonlik dzyudochi Soib Qurbonov Rio—2016 Olimpiadasidagi ishtirokini 100 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi turnirning 1/32 finalidan boshladi.
Uning bu bosqichdagi raqibi Ukrainadan tashrif buyurgan Artyom Bloshenko bo‘lib, har ikki sportchi o‘rtasidagi kurashda o‘zbekistonlik dzyudochi ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va medallar uchun kurashdan chiqib ketdi.
Izoh (0)