2016-yil 9-avgust kuni AQSh xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi hamda ftiziatriya va pulmonologiya bo‘yicha ixtisoslashgan Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda davra suhbat shaklida uchrashuv o‘tkazdi va Navoiy, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida silga chalingan bemorlarni patsiyentga yo‘naltirilgan davolash tatbiq etilganligi taraqqiyotini muhokama qildi. Bu haqda USAID vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Tadbir davomida qatnashchilar silga chalingan bemorlarni, shu jumladan, silning dori-darmonga nisbatan turg‘un shakllariga ega bemorlarni 2014—2015-yillarda ambulator davolash natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha axborot oldi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga muvofiq ambulator sharoitda silga qarshi davolashni birinchi kundan tatbiq etmoqda.
O‘zbekistonda sil bemorlarga, shu jumladan, silning turg‘un shakli bilan zararlanganlarga ambulator davolashni qo‘llashda Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston respublikasi pilot loyihalarida ijobiy tajriba mavjud.
O‘tkazilgan uchrashuv natijasida ambulator sharoitda davolanayotgan sil bemorlarni, shu jumladan, silning turg‘un shakllarini va sil/OIV birikkan infeksiyani davolashni takomillashtirishga qaratilgan tavsiya va keyingi qadamlar ishlab chiqildi va ular O‘zRSSV 383-sonli buyrug‘ining sil bemorlarni ambulator davolash yo‘riqnomasiga kiritiladi.
Dasturning pilot viloyatlarida 416 nafar sil bemori va yana 46 nafar silning ko‘p sonli dori-darmonga turg‘un shaklli sil bemori ambulator davolanmoqda. Bu loyiha boshlanishidan ilgarigi holatga nisbatan to‘rt barobar ko‘pdir.
Izoh (0)