O‘zbekistonda 10-avgust kuni +38…+40 darajalik issiq iqlim sharoiti saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 10-avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +13…+18 daraja, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +18...+23 daraja, Toshkent shahrida +21...+23 daraja, qolgan hududlarda +22...+27 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
9-avgust kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +25…+30 daraja, Toshkent shahrida +37…+39 daraja, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +33…+38 daraja, qolgan barcha hududlarda +35…+40 daraja issiq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)