O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori (pdf) bilan Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining — axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi “Infocom.uz”.
Hujjat O‘zbekistonda elektron tijoratni jadal rivojlantirish, shuningdek, elektron tijoratning axborot vositachilari va ishtirokchilari faoliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Nizom axborot vositachilarining huquqlari va majburiyatlari, elektron tijorat ishtirokchilari, elektron tijoratni tashkil etish tartibi va boshqa qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)