Rio-de-Janeyro Olimpiadasining dzyudo sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sherali Jo‘rayev birinchi jangni g‘alaba bilan yakunladi.
90 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvda jazoirlik Abdurahmon Benamadiga qarshi kurashgan Jo‘rayev, ogohlantirishlari soni kam ekani vajidan g‘alabaga loyiq ko‘rildi.
Dzyudoda bugun — 10 avgust kuni 90 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar finalga qadar gilamga chiqadi. Sherali Jo‘rayev medallar uchun bo‘lgan imkoniyatni saqlab qoldi.
Izoh (0)