Suriya armiyasining askarlari va ko‘ngillilar qo‘shini guruhi Latakiya viloyatining strategik muhim bo‘lgan shimoli-sharqiy hududini o‘z nazorati ostiga oldi. Bu haqda SANA agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya bilan chegaradan 13 kilometr uzoqlikda joylashgan Latakiya–Aleppo shossesi yaqinidagi Kensaba aholi punkti va uning atrofidagi tepaliklardan ozod etildi.
“Jangarilar tepaliklarda joylashgan Tubal va Shellef qadimiy qal’alaridan chiqarib yuborildi. Ular bilan ko‘tarilish yo‘llarida 72 soat davomida qattiq janglar bo‘lib o‘tdi. Raqib ushbu hududga katta kuch tashlagandi”, – deb ma’lum qildi operatsiyada ishtirok etgan suriyalik ofitser.
Shunga qaramay, aviatsiya va artilleriya yordamida hukumat kuchlari terrorchilarga katta zarar yetkazdi va ularni chekinishga majbur qildi. Ofitserning so‘zlariga ko‘ra, askarlar va ko‘ngillilar qo‘shini chekinayotganlar guruhi ortidan kuzatmoqda.
Izoh (0)