AQSh hukumati Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Amerika elchisini haqoratlagani yuzasidan, Filippin hukumatidan izoh talab qilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Prezident Duterte AQSh elchisini o‘z mamlakatining ichki ishlariga aralashishda aybladi va unga nisbatan ko‘plab haqoratli jumlalar qo‘lladi. Dutertening so‘zlarini izohlashni AQSh davlat departamenti vakili Elizabet Tryudo talab qildi.
Shu bilan birga, Tryudo Filippinda narkotiklar savdosiga aloqador amaldorlarning hibsga olinishi bilan bog‘liq holat yuzasidan xavotir bildirdi va Filippin hukumatini qonunlarga inson huquqlariga rioya qilish bo‘yicha majburiyatlarga muvofiq itoat etishga chaqirdi.
Izoh (0)