Rossiyaning Rostov viloyati Millerovskiy tumanida mast politsiyachi ikki yoshli bolani mashinada urib ketdi. Bola shifoxonada halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Politsiya xodimi Lada Kalina mashinasini boshqarish davomida yo‘lning kesib o‘tish mumkin bo‘lmagan qismidan yugurib o‘tayotgan voyaga yetmagan shaxsni bosib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohat olgan 2014-yilda tug‘ilgan bola shifoxonaga yetkazildi. U tibbiy muassasada halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, politsiyachi YTH yuz bergan vaqtda mast holatda bo‘lgan. Politsiyachi ichki ishlar organlaridan ishdan bo‘shatildi”, — deyiladi IIB xabarida.
Unda ta’kidlanishicha, politsiyachining bevosita rahbarlari qat’iy intizomiy javobgarlikka tortiladi. Politsiyachi 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Izoh (0)