Avstriya tog‘laridagi yoriq joyga qulab tushgan shveysariyalik sayyoh AQShga SOS qutqaruv signalini yuborib, omon qoldi. Bu haqda Avstriyaning ORF telekanali ma’lum qildi.
Ismi keltirilmagan 40 yoshli sayyoh Zalsburg federal yeridagi Lungau mintaqasida joylashgan tog‘larning 15 metrli yoriq joyiga qulab tushdi. GPS-navigator yordamida uning AQShdagi ishlab chiqaruvchisiga falokat signalini jo‘natdi. Mazkur kompaniya Avstriya tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi.
Diplomatlar o‘z navbatida sayyoh baxtsiz hodisaga duch kelgan hudud haqida Lungaudagi qutqaruvchilarga xabar berdi. Oxir-oqibat shveysariyalik yoriqdan chiqarib olindi va ko‘krak qafasi jarohatlari hamda shikastlanishlar bilan kasalxonaga yetkazildi.
Izoh (0)