Efiopiyada hukumatga qarshi namoyishni hukumat xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilishi oqibatida 90 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida ham namoyishchilar, ham namoyishda ishtirok etmagan aholi bor. Namoyish vaqtida qurbon bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlar 6–7-avgust kunlari Oromi va Amxara hududlarida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)