Po‘rtana 17 tonnalik Transocean Winner (AQSh) neft qazib oluvchi platformasini Shotlandiyaning g‘arbiy orollariga olib borib qo‘ydi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Transocean Winner platformasi Norvegiyadan shatakka olinib, Maltaga tortib ketilayotgandi. Platforma kechasi Lyuis oroli g‘arbida kuchli po‘rtana oqibatida shatakdan chiqib ketdi va Karlovey qishloqchasi yaqinida to‘xtadi. Sohil qo‘riqlash xizmati bortda hech kim bo‘lmagani va hech kim jabrlanmaganini ma’lum qildi.
Shunga qaramay, sohil qo‘riqlash xizmati xodimlari xavfsizlik nuqtai nazaridan qirg‘oqni yopib qo‘ydi. Xabarda qayd etilishicha, bunday choralar ifloslanishni tekshirish uchun qo‘llandi. Platforma bortida 280 tonna dizel yoqilg‘isi mavjud.
Dengiz hodisalarini tergov qilish bo‘limi bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Transocean Winner neft qazib oluvchi platforma 1983-yili suvga tushirilgan, 2006-yilda esa modernizatsiya qilingan edi.
Izoh (0)