Prevyu. Rio—2016 doirasida 7-avgust kuni o‘z omadini sinab ko‘radigan o‘zbekistonlik sportchilar
7-avgust sanasida bir qator o‘zbekistonlik sportchilar Rio—2016 Olimpiadasidagi o‘z ishtirokini boshlaydi.
Quyida 7-avgust kuni musobaqalarga kirishadigan o‘zbekistonlik sportchilar va ularning chiqish vaqti ko‘rsatilgan.
Boks
Shahram G‘iyosov (-69 kg)Toshkentga 8 avgust kirib kelgan vaqtda, aniqrog‘i, soat 01:45 da Shahram G‘iyosov 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ispaniyalik raqibi Sissoko Yubaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Dzyudo
Rishod Sobirov (-66 kg)Toshkent vaqti bilan 18:00 — 21:00 hamda 23:30 — 01:40 da Rishod Sobirov 66 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Belarusdan tashrif buyurgan Shershan Dmitriy bilan bellashadi. Vaqtning ikki xil ko‘rsatilishiga sabab — janglarning dastlabki raunddan finalga qadar o‘tkazilishidir.
Stol tennisi
Zohid KenjayevToshkent vaqti bilan 18:00 dan 20:00 gacha hamda 8-avgust kuni 22:30 dan 00:30 gacha Kenjayev angliyalik Pichvord Laym bilan bellashadi. Jahon reytingida Laym 28-o‘rinda qayd etilgan sportchidir.
Tennis
Denis Istomin22:36 da O‘zbekistonning birinchi raketkasi ispaniyalik David Ferrerga qarshi kortga tushadi.
Suzish
Vladislav Mustafin100 metrga brass usulida suzishda Mustafin suvga tushadi.
Akademik eshkak eshish
Shohboz XolmirzayevToshkent vaqti bilan 16:30 dan boshlab, 17:00 ga qadar Shahboz Xolmirzayev 2000 metr masofada raqiblari bilan raqobatlashadi. U o‘z ishtirokini saralash musobaqasidan boshlaydi.
Sport gimnastikasi
Oksana ChusovitinaToshkent vaqti bilan 17:45 dan 19:15 ga qadar Rio—2016 dan keyin sportdagi karyerasiga yakun yasaydigan o‘zbekistonlik sportchi Oksananing chiqishini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)