XXRning 45 va 50 yoshdagi ikki fuqarosi Nigeriyaning markaziy qismida o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
XXRning Nigeriyadagi elchixonasi rasmiy vakili Chjen Szyunning so‘zlariga qaraganda, fuqarolar allaqachon ozod qilindi.
“Ular shanba kuni kechki payt ozod qilindi, ularning sog‘lig‘i qoniqarli darajada”, — dedi diplomat.
O‘g‘irlab ketilganlar ishchilar edi. Ular 6-avgust, shanba kuni mamlakat poytaxti Abujaga ketishda o‘g‘irlab ketildi.
Izoh (0)