AQShning Batler shahrida (Ogayo shtati) musiqiy festivalga kelgan 20 dan ortiq tashrifchi narkotik moddalarni dozasidan ortiq qabul qilish alomatlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
ABC telekanalining ma’lum qilishicha, noma’lum shaxslar Ohio Dreams festivaliga tashrif buyurganlar orasida xavfli giyohvand moddalarning bir nechta paketini tarqatgan. Paketlar konfet niqobi ostida yashirib kiritilgan.
Mahalliy shifoxonalardan biriga opiatni dozadan ortiq qabul qilish alomatlari bilan kamida 23 kishi yetkazilgan. Politsiya boshqarmasida ma’lum qilishicha, jabrlanganlar soni yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Politsiya giyohvandlik moddalarini musodara qilgan va tahlil uchun laboratoriyaga yetkazgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)