Zika virusi bilan kasallangan kanadalik ayol salomatligi shifokorlarda xavf tug‘dirmayotgan chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda 5-avgust, juma kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Gregori Teylor ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Homiladorlik payti bolada mazkur virus bosh va orqa miya atrofidagi suyuqlikda kuzatilgandi. Biroq endi hammasi joyida, risoladagidek. Chaqaloq shifokorlarning jiddiy kuzatuvi ostida”, — deya ma’lum qildi Teylor. U bola jinsi, qayerda va qachon tug‘ilganiga aniqlik kiritmadi.
Bolaning onasi homiladorlikning erta bosqichida mamlakatdan tashqarida bo‘lgani bildirilmoqda. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 187 nafar kanadalikda Zika virusi aniqlangan bo‘lib, ulardan 7 nafari homilador ayol.
Izoh (0)