Moldova milliy bankining sobiq rahbariyati tarkibida bo‘lgan uch kishi 5-avgust, juma kuni Rossiya pullarini Moldova banklari orqali yuvishda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda, prokuraturaning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi rahbari Viorel Morarga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Ular 2016-yilning 2-avgust kuni ochilgan ish yuzasidan qo‘lga olindi. Ular Moldova banklari orqali Rossiyadan kelgan 20 milliard dollarni noqonuniy legallashtirishda ayblanmoqda”, — dedi u.
Morarning so‘zlariga qaraganda, korrupsiyaga qarshi kurash milliy markazi xodimlari milliy bankning sobiq vitse-prezidenti Emma Tebirse, bank nazorati departamenti direktori Matey Doxotara hamda nazorat va litsenziyalash departamenti direktori Vladimir Surkanni qo‘lga olgan.
Sobiq rahbarlar 72 soatga ushlangan, lekin prokuratura bu muddatni 30 kungacha uzaytirishni so‘rashi mumkin.
Izoh (0)