Kanadaning WestJet aviakompaniyasiga tegishli, Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Vankuver shahridan Ottavaga (Ontario provinsiyasi) uchayotgan samolyot portlash xavfi tufayli parvozni to‘xtatdi. Bu haqda, CBC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bortida 125 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 737 Ontario provinsiyasining Tander-Bey shahrida muvaffaqiyatli qo‘ndi. Hech kimga zarar yetmadi. Kanada politsiyasining ma’lum qilishicha, uchuvchilar huquq-tartibot organlaridan bortda portlovchi uskuna borligi haqida axborot olganidan so‘ng parvozni to‘xtatishga qaror qilgan.
Ayni paytda samolyotni maxsus turargohda mutaxassislar taftish qilmoqda. Politsiya tergov harakatlari doirasida yo‘lovchilarni so‘roq qilmoqda.
Izoh (0)