Iyun oyining o‘rtasidan buyon Myanma shimoli-g‘arbida 30 bola noma’lum xastalik tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Ularning aksariyati besh yoshga to‘lmagan edi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Bu muammo bizda ikki oydan beri mavjud, hozircha hukumatdan hech qanday yordam olganimiz yo‘q”, — dedi mahalliy ma’muriyat vakillaridan biri agentlik bilan suhbat chog‘ida.
Xastalik haqida hech narsa ma’lum emas, uning yuqumli ekanligi taxmin qilinmoqda. Qon namunalari shifoxonaga yuborildi, lekin natijalar olinmadi.
Xastalikka yo‘liqqan bolalar nafas olishga qiynalgani aytilmoqda.
Izoh (0)