Meksikaning Kintana-Roo shtati hukumati “Erl” dovulining yaqinlashishi munosabati bilan 3-avgust, chorshanba kechqurun bir nechta sohilbo‘yi tumanlari aholisini evakuatsiya qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Beliz davlati bilan chegaradosh munitsipalitetlardan 78 ta oila xavfsiz hududlarga yetkazilgan.
Bundan tashqari, Pemex davlat neft-gaz kompaniyasi Meksika ko‘rfazidagi neft qazib olish platformalaridan o‘z xodimlarini chiqarib ketishni boshladi.
Meksika Milliy meteorologik xizmatining ma’lum qilishicha, “Erl” Chetumal shahridan taxminan 130 kilometr masofada bo‘lib, g‘arbga qarab harakatlanmoqda. Shamolning tezligi sekundiga 33,3 metr, kuchayganda esa 41,6 metrgacha yetadi. Yaqin soatlarda Beliz va Meksikaning bir qator tumanlariga kuchli jala yopirilishi kutilmoqda.
Izoh (0)