Kanada va AQSh 1-avgust, dushanba kuni Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa kuchlari (NORAD)ning B-52 va B-2 strategik bombardimonchilari ishtirokida o‘zaro o‘quv-mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda Kanada Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
O‘quv-mashg‘ulot davomida B-52 va B-2 strategik bombardimonchilari Kanadaning CF-18 hamda AQShning F-22 va F-15 qiruvchilari kuzatuvida Kanada va AQSh hududlari uzra parvoz qildi.
“Polar Roar nomini olgan o‘quv-mashg‘ulot davomida uchta B-52 va ikkita B-2 bombardimonchilari Arktika, Tinch okeanining shimoliy qismi va Boltiq dengizi bo‘ylab qo‘nishsiz uchta parvozni amalga oshirdi. Mazkur parvozlar bombardimonchilarning global uzoqqa zarba berish imkonini tekshirish uchun amalga oshirildi”, – deyiladi Kanada Mudofaa vazirligi xabarida.
Izoh (0)