AQShning Florida shtatida Zika virusiga chalinganlar soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda shtat gubernatori Rik Skott ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Florida shtatining sog‘liqni saqlash departamenti katta ehtimol bilan chivinlarning chaqishi oqibatida Zika virusiga chalingan yana o‘n kishining shaxsini aniqladi. Shu tariqa, ushbu kasallikka chalinganlar soni 14 kishiga yetdi”, – dedi gubernator.
Avvalroq Florida shtatining Mayami-Deyd va Brouard okruglarida 4 kishi Zika bezgagiga chalingani haqida xabar qilingan edi.
Zika bezgagi ilk marotaba 1947-yilda Ugandada aniqlangan. Kasallikning klinik belgilari bu haroratning ko‘tarilishi, shamollash, bosh og‘riqlari, bo‘g‘imlar va beldagi og‘riqlar, badandagi toshmalar, tez charchab qolish. Yaqin vaqtgacha Zika virusi inson salomatligi uchun xavfsiz sanalgan edi.
Izoh (0)