Turkiyada harbiy to‘ntarishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan yana 11 askar qo‘lga olindi. Bu haqda, mamlakat bosh vazirining o‘rinbosari No‘mon Qurtulmushning bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ular Ulla tumanida ushlandi. Shu tariqa, Marmarisda prezident Erdo‘g‘on to‘xtagan mehmonxonaga hujum uyushtirgan harbiy xizmatchilardan 36 nafari qo‘lga olindi.
Yana bir harbiy qidirilmoqda.
Izoh (0)