Fransiyada Normandiya shahrining Sent-Etyen-dyu-Ruvre cherkovini avval garovga olib, so‘ng ruhoniyni o‘ldirgan terrorchilardan birining qarindosh akasi hibsga olindi. Bu haqda Parij prokuraturasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qo‘lga olingan 30 yoshli Nansi shahri fuqarosi Farid terakt uyushtirilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Fransiya politsiyasi tomonidan unga nisbatan 31-iyul kuni sud ishi ochildi. Terrorchining qarindoshiga terrorchilik guruhi a’zosi bo‘lganlikda ayb qo‘yilmoqda.
“U (Farid) zo‘ravonlik harakati qachon va qayerda amalga oshishini bilmagan bo‘lsa-da, terakt haqida ma’lumotga ega bo‘lgan”, – deyiladi prokutarura xabarida.
Bundan tashqari, terrorchilardan biri bilan tanish bo‘lgan hamda u bilan Suriyada IShID mashg‘ulotlar lagerida tayyorgarlik o‘tmoqchi bo‘lish uchun Turkiyaga borgan 20 yoshli Jan-Filipp ham qo‘lga olindi. Prokuraturaning qayd etishicha, Jan-Filipp Sent-Etyen-de-Ruvre cherkoviga qilingan hujumga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador emas, ammo u vaqtincha hibsga olindi.
Sent-Etyen-de-Ruvre cherkoviga 26-iyul kuni hujum uyushtirilgan edi. O‘shanda 19 yoshli ikki terrorchi Adel Kermish va Abdulmalik Petijan cherkovga bostirib kirib, ruhoniyni o‘ldirgan hamda uch kishini yaralagan. Ikkala terrorchi ham politsiya tomonidan o‘ldirilgandi.
Mazkur terakt uchun javobgarlikni IShID ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga olgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)