Hindistonning shimoliy va sharqiy qismida bir necha kundan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘ir va uning oqibatlari natijasida kamida 70 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat rasmiylari va politsiya xodimlarining ma’lum qilishicha, Assam shtatida 29 kishi cho‘kib o‘ldi, Odishya shtatida esa 27 kishi yashin urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Megxalaya shtatida 3 kishi suv toshqinidan halok bo‘ldi.
Hindiston poytaxti Dehli shahrida so‘nggi 10 kunda kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli ko‘plab yo‘llar bekitildi.
Kuchli yomg‘irlar Mumbay shahri va Rajastxan shtatida ham bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)