Andijon shahrida 29-iyul kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida shahar ko‘chalari suv ostida qoldi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
“Andijon shahrida sel quydi. Shaharning hamma joyi 15 santimetr suv ostida qoldi”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. Bu axborot rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlangani yoki rad etilgani yo‘q.
Shahardagi mazkur holat oqibatida jabrlanganlar to‘g‘risida rasmiy axborot hozircha mavjud emas.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)