Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng 49 211 kishining pasporti bekor qilindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Efkan Ala ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada, shuningdek, 18 ming kishi qo‘lga olindi.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim harbiy to‘ntarishga urinish paytida isyonchilar tomonidan foydalanilgan aviabaza va harbiy kazarmalar yopilishi haqida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish chog‘ida 208 kishi halok bo‘ldi, 1 500 nafari jarohatlandi.
Izoh (0)