Shveysariyaning Credit Suisse Group banki milliarderlarga xizmat ko‘rsatish uchun AQShda maxsus investitsion bank guruhini tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, shveysariyalik bankirlar badavlat amerikaliklarga kapital bozori masalalari hamda birlashish va sotib olish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Maxsus xizmatning maqsadli auditoriya guruhi kompaniyasidagi ulushi yuzlab million dollarni tashkil etadigan biznes egalari, neft-gaz sanoati, biotexnologiya va telekommunikatsiya sohalarining tadbirkorlari bo‘ladi.
Credit Suisse Group AG banki UBS’dan keyin Shveysariyadagi eng yirik moliyaviy konglomerat hisoblanadi. Ushbu bankning shtab-kvartirasi Syurix shahrida joylashgan. Credit Suisse Group’ning shaxsiy kapitali 2015-yilda 44 milliard dollarni, kapitalizatsiya esa 25 milliard dollarni tashkil qildi.
Izoh (0)