Nepalda yo‘lovchi avtobusi tog‘li trassadan chiqib ketdi va 100 metrlik jarlikka quladi. Avtohalokat oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kathmandu Post xabar bermoqda.
Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, jarohat olgan 35 nafar yo‘lovchining barchasi shifoxonaga yotqizildi. Ulardan 8 nafari og‘ir ahvolda qolgani xabar berilmoqda.
Avtohalokat mamlakat poytaxti Nepal shahridan 600 kilometr uzoqlikda joylashgan Dxankuta okrugida ro‘y berdi. Kuchli yomg‘ir va tuman avtobusning jarlikdan qulashiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida Nepal sobiq moliya vaziri Xari Raj Kxeva ham bo‘lgan.
Izoh (0)