Qozog‘iston shimolidagi Yekaterinburg – Olmaota trassasida avtobus va furgonning to‘qnashib ketishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 25 nafari shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi kecha, 27-iyul kuni Qo‘tanay viloyatida mahalliy vaqt bilan 18:00 da sodir bo‘ldi.
“Hozirda olti kishining hayotdan ko‘z yumgani va taxminan 25 kishi jabrlangani haqida ma’lumot bor. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazildi”, – deya ma’lum qildi Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Ruslan Imankulov.
Izoh (0)