2016-yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega 26-iyul, senashba kuni Sagamihara shahridagi nogironlar uyida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan fojiaviy hodisa munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Islom Karimov o‘z maktubida samimiy ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga chuqur hamdardlik va dalda bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, nogironlar uyiga hujum oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)