• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xitoydan uskunalar olib kelish va buning uchun xalqaro shartnoma tuzishning o‘ziga xos jihatlari

    O‘zbekistonga uskunalar, xomashyo va maxsus texnikalarni yetkazib berish bozorida yetakchi hisoblangan O‘zbek-Xitoy Savdo uyi bu yil o‘z faoliyatining 10 yilligini nishonlamoqda. Yubiley munosabati bilan, O‘XSU ekspertlari bilan intervyular turkumi tashkil etilmoqda, bunda har bir intervyu uskunalarni sotib olishning ma’lum bir bosqichiga bag‘ishlanadi va biznes uchun amaliy maslahatlarni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi intervyu shartnomalarni tayyorlash, logistikaning nozik jihatlari va yuklarni sug‘urtalash mavzusi kabi masalalarga bag‘ishlangan.

    Muzaffar Qosimov. Foto: O‘XSU

    Muzaffar Qosimov. Foto: O‘XSU

    Avvalgi material Xitoy uskunalar bozoridan ishlab chiqaruvchini to‘g‘ri tanlash mavzusini qamrab olgan edi. Biroq ishonchli ishlab chiqaruvchini tanlash — loyihani ishga tushirish yo‘lidagi ketma-ket qadamlarning dastlabkisi, xolos. Uning ortidan boshqa savollar paydo bo‘ladi: xalqaro shartnomani qanday qilib to‘g‘ri rasmiylashtirish kerak, tayyor uskunani qanday qilib manzilga yetkazish mumkin va yukni olib kelishdagi xavf-xatarlar ko‘lamini qanday qilib qisqartirish mumkin? Bu haqda O‘zbek-Xitoy Savdo uyi rahbari o‘rinbosari Muzaffar Qosimov so‘z yuritadi.

    Xalqaro shartnomalar va uskunani ishlab chiqarish

    — Ishlab chiqaruvchi bilan xalqaro shartnoma imzolash qanchalik muhim ahamiyatga ega? Xitoy bozori bilan ishlashning qanday murakkab jihatlari bor?— Statistik ma’lumotlar bo‘yicha, kompaniyamiz mijozlarining 90 foizi yangi biznesni boshlash uchun kredit oladi. Uskunani sotib olish uchun kredit olishda esa ishlab chiqaruvchi korxona bilan imzolangan shartnoma muhim hujjatga aylanadi. Bu shartnoma qanchalik darajada yaxshi tayyorlangan va rasmiylashtirilgan bo‘lsa, kredit olish uchun nisbatan kam vaqt sarflanadi va bu oxir-oqibat loyihaning muvaffaqiyatiga ta’sir qiladi.

    Xalqaro shartnomani tayyorlash — murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir. O‘ziga xosliklarga to‘la Xitoy bozorida esa vazifa ikki barobar og‘irlashadi. Hujjatlarni imzolash uchun Xitoyga bir necha bor safar qilish, tarjimonlar, maslahatchilar, huquqshunoslar, iqtisodchilar va texnik mutaxassislardan iborat butun boshli jamoani jarayonga jalb qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda, biznesini endi yo‘lga qo‘yayotgan tadbirkorlar bunday mutaxassislar jamoasiga ega bo‘lmaydi, shu sababli zavod bilan imzolanadigan shartnomani tayyorlash va rasmiylashtirish bir necha oyga, ba’zan, yilga cho‘zilib ketishi mumkin.

    Bu vazifaning yechimi bor, albatta: shartnomani tayyorlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladigan hamda kredit olish uchun zarur hujjatlar to‘plamini yig‘ishda ko‘mak ko‘rsata oladigan mahalliy yetkazib beruvchi kompaniyaga murojaat qilish ishni tezroq va ishonchli ravishda yakunlash imkonini beradi hamda ko‘pincha arzonroqqa ham tushadi.

    — Zavod to‘lovni qabul qilgani va uskunani ortishga tayyorligini bildirdi. Bu bosqichda nimalarga e’tibor qaratish kerak?— Ishlab chiqaruvchilarning ombor inshootlari maydoni ko‘pincha cheklangan bo‘ladi, shu sababli ham zavod bajarib bo‘lingan buyurtmani tezroq yetkazib berishdan manfaatdor. Biroq shoshilish kerak emas. Uskunani joyida izchil tekshirish — uning kelajakda soz ishlashi va bojxona rasmiylashtiruvining tez o‘tishi kafolatidir. Uskuna o‘zining texnik tavsifiga to‘liq mos bo‘lishi kerak, aniqlangan barcha kamchiliklar esa mahsulot qabul qilingani haqidagi dalolatnoma imzolanguniga qadar bartaraf etilishi lozim.

    Tekshiruvni mustaqil kompaniyaga ham ishonib topshirsa bo‘ladi — bunda siz vaqtdan yutasiz va Xitoyga safar qilish uchun sarflanadigan mablag‘ni tejab qolasiz, professional inspektor esa texnikani ko‘zdan kechirib, inspeksiya yakunlari haqidagi batafsil hisobotni taqdim etadi.

    Foto: O‘XSU

    Foto: O‘XSU

    Logistika va yetkazib berish

    — Ishonchli transport agentligi qanday tanlanadi?— Ehtiyotsizlik bilan tashish qimmatbaho uskunani bir zumda metall uyumiga aylantirib qo‘yadi. Shuning uchun uskunani zarar yetkazmasdan tez yetkazib beradigan transport agentini tanlash ishiga alohida e’tibor bilan yondashish zarur. Masalaning murakkabligi shundaki, Xitoyda bir-biri bilan raqobatda bo‘lgan minglab yuk tashuvchi kompaniyalar faoliyat olib boradi.

    Bunday holatda tanlovni bozorning eng katta ishtirokchilaridan birida to‘xtatish kerak. Bunday kompaniyalar o‘z nufuzi haqida qayg‘uradi va eng yaxshi xizmatni taklif qiladi. Kompaniyalarning saytlarini, tariflash tizimini, qanday qilib, qaysi shartlar asosida uskunani tashib berishini o‘rganib chiqing. Uning menejerlari bilan bog‘lanib, kafolatlar va tashish tezligi kabi savollarga aniq javob oling. Yetakchi transport agentlarining shtatida logistika bo‘yicha mutaxassislar ham bo‘ladi, ular bojxona yoki boshqa nuqtalarda tiqilinch yuzaga kelganida, yukning o‘tishini tezlashtirishga yordam beradi.

    — Yetkazmaning tezligi va narxi nimaga bog‘liq? Nima uchun ba’zi agentlarning xizmat haqi birmuncha arzon?— Bugungi kunda narx va tezlik mutanosibligi bo‘yicha eng qulay yo‘l — temiryo‘l orqali yetkazib berishdir. Standart konteynerning Xitoydan O‘zbekistonga yetib kelishi uchun o‘rtacha 15—18 kun kerak bo‘ladi. Biroq ba’zi agentlar yetkazib berish vaqtini bir oygacha cho‘zish evaziga 20 foizlik chegirmalar taklif qiladi. Shu yo‘l bilan xitoylik temiryo‘lchilar ichki transport yo‘llarining bandligini rag‘batlantiradi. Sezilarli chegirma, albatta, kishini o‘ziga tortadi, lekin yetkazmaning yanada ko‘proq kechikishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

    Yetkazib berish vaqtidagi chegirma qadoqlash materiallarining tejalishi bilan bog‘liq emasligiga ham ishonch hosil qilish kerak. Qadoqlash qiymatini uskuna narxi bilan taqqoslab bo‘lmaydi, biroq yo‘lga to‘g‘ri tayyorlangan yukgina minglab kilometrga cho‘ziladigan safarni talofatlarsiz o‘tkaza oladi.

    Ba’zi transport kompaniyalari ancha past narxlarni taklif qiladi, biroq hisobga olinmagan xarajatlar haqida bildirmaydi. Bunday holatda xizmat xarajatlari (yuklash va yukni tushirish) va ichki bojxona rasmiylashtirish ishlari uchun alohida pul so‘ralishi ehtimoli katta.

    Odatda, Xitoy bozoridagi uzoq muddatli faoliyatgina yuklarni maqbul narxlarda tez yetkazib bera oladigan ishonchli transport kompaniyalarini tanlash imkonini beradi.

    — Konsolidatsiya nima va qanday qilib uning yordamida yetkazib berish xizmati haqini kamaytirish mumkin?— Ba’zan yetkazib berilishi kerak bo‘lgan yuk standart temiryo‘l konteyneri hajmidan ancha kichkina bo‘ladi. Bunday holatlarda ko‘plab transport agentlari konsolidatsiya xizmatini taklif qiladi — bunda bir konteyner bilan turli buyurtmachilarning kichik hajmli yuklari yetkazib beriladi. Ayni vaqtda, yetkazib berish xizmati haqi ham arzonlashadi.

    Foto: O‘XSU

    Foto: O‘XSU

    Sug‘urta masalalari va yetkazib berishdagi xizmatlar majmui

    — Yukni olib kelishdagi xavf-xatarlarni qanday qilib kamaytirish mumkin?— Murakkab va qimmatbaho uskunani uzoq masofaga yetkazib berishda uning shikastlanishi ehtimoli har doim mavjud. Mazkur masalaning ishonchli yechimi — yukning butun harakati davomida uni xalqaro sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta qilinishidir. Biroq bu yerda ham ma’lum o‘ziga xosliklar bor. Xalqaro savdo shartlariga ko‘ra, sug‘urta kompaniyasining javobgarligi u yukni uni qabul qilib oluvchi mamlakatning bojxona omboriga tushirishi bilan tugashini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Agar uskuna buyurtmachi tomonidan nosoz holda qabul qilinsa, nosozlik manzilga yetib kelgunicha yuz berganmi-yo‘qmi, hodisa sug‘urtaga tushadimi-yo‘qmi, bularni aniqlash uchun sug‘urta kompaniyasi va bojxonadan ko‘plab hujjatlarni yig‘ish kerak bo‘ladi. Tajribali yetkazib beruvchilar bu kabi masalalarni qisqa vaqt ichida qanday hal qilish va bunday holatlar oldini qanday qilib olish mumkinligini yaxshi biladi.

    — Uskunani yetkazib berish va bojxona rasmiylashtirilishini qanday qilib osonlashtirish va tezlashtirish mumkin?— Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, Xitoydan uskunalarni sotib olish va yetkazib berish jarayoni til bilan bog‘liq to‘siq tufayli yanada chuqurlashadigan murakkab hujjat almashinuvi hamda bozorning o‘ziga xosliklari sabab cho‘zilib ketadi. Tajribasiz biznesmenlar yetarli ko‘nikma va kerakli xodimlar jamoasiga ega emas, shu sababli ham shartnomalarni kelishish va zarur ruxsatnomalarni olish sezilarli kechikadi.

    Bunda yuklarni rasmiylashtirish va yetkazib berish bo‘yicha barcha xizmatlarni “tayyor holda” taqdim eta oladigan tajribali yetkazib beruvchiga murojaat qilish — vaziyatdan chiqishning yechimidir. Mazkur holatda yetkazib beruvchi deganda O‘zbekiston va Xitoyda o‘z ofislari bo‘lgan eksport-import kompaniyasi nazarda tutilmoqda.

    Faqat shunday yetkazib beruvchi quyidagi barcha xizmatlarni “yagona darcha” tartibida taqdim eta oladi:

    • xalqaro shartnomani O‘zbekiston va Xitoy qonunchiligi talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlash va kelishish;
    • moliya-kredit muassasasi uchun hujjatlar to‘plamini tayyorlash;
    • uskunaning ishlab chiqarilishini nazorat qilish va uni zavoddan qabul qilib olishdan avval izchil tekshiruvdan o‘tkazish;
    • yukni kelishilgan muddatda yetkazib berilishiga kafolat beruvchi tekshirilgan transport agentini tanlash;
    • logistika nazorati va hisobotlar taqdim etish yo‘li bilan yukning harakatlanishini kuzatish;
    • Xalqaro sug‘urta agenti bilan barcha masalalarni kelishib olish va olib kelinayotgan yuk uchun sug‘urtani rasmiylashtirish;
    • O‘zbekistonda bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazish uchun hujjatlar to‘plamini tayyorlash.
    — Shunday yetkazib beruvchini qayerdan topish mumkin?— Tegishli xizmatlar bozorini va unda ko‘rsatilgan kompaniyalarni o‘rganib chiqish kerak. Masalan, O‘XSU tadbirkorlarga barcha — kerakli uskunani tanlashdan tortib, uni buyurtmachining inshootiga yetkazib berishgacha bo‘lgan hamma xizmatlarni ko‘rsatadi.

    Xitoy va O‘zbekiston bozorlaridagi ko‘p yillik ish tajribasi har qanday yukni tezkorlik bilan yetkazib berish tizimini shakllantirish imkonini bergan. Vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlar bilan ish olib borish samarasi o‘laroq, kompaniya yuklarni har doim bus-butun holda va kelishilgan vaqtda yetkazib beradi.

    O‘XSU menejerlari (+99890) 175-0-175 / 915-0-915 telefon raqamlari orqali maslahat berishgi tayyor. Kompaniya bilan sayt yoki info@uzchinatrade.com elektron pochta manzili orqali ham bog‘lanish mumkin.

    Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyaga ega

    28.07.2016, 14:00   Izoh (0)   39937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT oziq-ovqat tashkiloti O‘zbekistondagi an’anaviy bug‘doy navlarini o‘rgandi

    28.07.2016, 12:30

    “O‘zbekturizm” vaziyat barqarorlashmagunicha, Turkiyaga sayohat qilishni tavsiya etmaydi

    28.07.2016, 11:49

    Toshkentda 29-iyul kuni yog‘ingarchilik va kuchli shamol kuzatiladi

    28.07.2016, 11:43

    Ichki ishlar vazirligi aholidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishni so‘radi

    28.07.2016, 11:37

    “Kitob olami” savdo majmualarida tashkil etilgan maktab bozorlari davom etmoqda

    28.07.2016, 10:08

    O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha dunyoda 70-o‘rinni egalladi

    28.07.2016, 10:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.