AQShning Florida shtati sog‘liqni saqlash xodimlari sayohat qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan Zika virusini yuqtirib olishning ikki sirli holatini o‘rganmoqda. Bu haqda Fox News telekanali ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu tariqa, bu Floridada virusning yuqtirib olinishi bilan bog‘liq to‘rtinchi holat bo‘lib, ular bir-biriga qo‘shni joylashgan Mayami-Deyd va Brouard okruglarida qayd etilgan.
Telekanalning ma’lum qilishicha, birinchi ikki holatda virus AQSh hududida chivin chaqishi tufayli tarqalgan bo‘lishi mumkin. Shtat rasmiylari esa ular hozirgacha virusni yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlarni o‘rganayotganligi va aniq xulosaga kelmaganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)