Bugun, 28-iyul kuni Rossiya janubida joylashgan, Yevropadagi eng baland hisoblangan Elbrus tog‘ida FVVdan yordam so‘ragan Sankt-peterburglik alpinist dengiz sathidan 5300 metr balandlikda halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” agentligiga Kabarda-Balkariya bo‘yicha FVV matbuot xizmati boshlig‘i Kantemir Berov xabar berdi.
“Mahalliy vaqt bo‘yicha 09:30 da qurqaruvchilar Elbrus tog‘ida (dengiz sathidan 5300 metr balandlikda) yordam so‘ragan guruh oldiga yetib keldi. 45 yoshli Sankt-peterburglik erkak jonsiz holatda. Ayni damda qutqaruvchilar guruhni evakuatsiya qilmoqda”, – deya ma’lum qildi Berov.
Qayd etilishicha, qutqaruvchilarga alpinist hushini yo‘qotgani haqida xabar berilgan. Alpinistning yuragi bosimga dosh bera olmagani taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Elbrus tog‘ining eng baland cho‘qqisi dengiz sathidan 5642 metr balandlikda joylashgan.
Izoh (0)