Aholining past jismoniy faolligi jahon iqtisodiyotiga yiliga taxminan 67,5 milliard dollar zarar keltirmoqda. Bu haqda, The Lancet tibbiy jurnalida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Olimlar birinchi marta kam harakatchanlikning iqtisodiy oqibatlarini tekshirib ko‘rdi. Tadqiqotda ta’kidlanishicha, keltirilgan summalar o‘ta konservativ tahlilga asoslangan bo‘lib, haqiqiy zarar bundan kattaroq bo‘lishi mumkin.
Olimlar past jismoniy faollik tufayli yomonlashgan sog‘liqni tiklashga ketadigan xarajatlarni, mehnat samaradorligining tushishi va hayot davomiyligining kamayishidan keladigan ziyonni hisobga oldi.
Xarajatlarning 58,8 milliard dollarlik qismi sog‘liqni saqlash sohasidagi xarajatlarga, 13,7 milliard dollar esa mehnat samaradorligi yo‘qotishlariga to‘g‘ri keldi.
Umumiy summaning 40 foizidan ko‘prog‘i (27,8 milliard dollar) AQShga to‘g‘ri keladi. Rivojlanayotgan davlatlarning zarar ko‘rsatkichlari rivojlanganlariga nisbatan ancha past.
Izoh (0)