Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mehmet Shimshek mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaga qachon tashrif buyurishiga oydinlik kiritdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, davlat rahbari 9-avgust kuni Sankt-Peterburgga yetib keladi.
O‘z navbatida, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich Rossiya va Turkiya rahbarlarining uchrashuvi avgustning birinchi yarmiga rejalashtirilganligini ma’lum qildi.
Rossiya va Turkiya bosh vazirlari o‘rinbosarlari 26-iyul, seshanba kuni Moskvada uchrashuv o‘tkazdi. Reuters’ning ma’lum qilishicha, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo va iqtisodiyot sohasidagi munosabatlarning yaxshilanishini muhokama qilgan. Mazkur aloqalar o‘tgan yilning dekabrida Rossiya bombardimonchi samolyotining Turkiya Harbiy-havo kuchlari tomonidan urib tushirilishidan so‘ng keskin yomonlashgan edi.
Izoh (0)