O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Iroq termasiga qarshi o‘yindan keyin boshlang‘ich tarkibga nima uchun “Paxtakor”ning yetti nafar futbolchisini kiritganiga izoh berib o‘tdi.
“Tarkibni murabbiylar shtabi aniqlaydi. Unda 7 nafar ‘Paxtakor’ futbolchisi bo‘lsa, demak ular shu saviyaga mos keladi”, — deb Babayanning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Championat.asia”.
Toshkentning “Paxtakor” klubi 2016-yilgi mavsum birinchi davrasini 5-o‘rinda yakunladi. Jurnalistlarning shu masalaga sha’ma qilib bergan savoliga Babayan quyidagicha javob berdi: “Ular mamlakatlarning amaldagi chempioni ekanini unutmaylik”.
Izoh (0)