Madeyra aeroporti yaqinda Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi sardori, mazkur orolda tug‘ilib-o‘sgan Krishtianu Ronaldu sharafiga qayta nomlanadi. Bu haqda O Jogo nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Madeyra hukumati raisi Migel Albukerke bu haqda futbolchining Funshalga tashrifi chog‘ida (bu yerda Ronaldu o‘zining besh yulduzli mehmonxonasini ochdi) ma’lum qildi. Havo qo‘nalg‘asi “Krishtianu Ronalduning Madeyra aeroporti” deb nomlanadi. Orolda, shuningdek, futbolchi muzeyi va haykali ham qad rostlagan.
Izoh (0)