Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa Superkubogida maydonga tusha olmasligini rasman ma’lum qildi, deb xabar berdi “Stadion”.
“Bo‘lishi mumkin degan so‘zlarga o‘rin yo‘q. Men 10-avgustda mashg‘ulotlarga qaytaman. Oradagi Yevropa Superkubogini qo‘yib yuborishim aniq”, — deb ta’kidlagan portugaliyalik hujumchi.
9-avgust kuni “Real” Yevropa Superkubogida Yevropa Ligasi g‘olibi “Sevilya”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Izoh (0)