Myunxen savdo markazidagi otishmada yaralanganlardan uch nafarining hayoti xavf ostida. Bu haqda Myunxen politsiyasi rahbari Xubertus Andrening bayonotiga tayanib, Deutsche Welle ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Politsiya boshlig‘ining so‘zlariga qaraganda, qurbon bo‘lganlar ichida yoshlar, yaralanganlar orasida esa bolalar ham bor.
Andre halok bo‘lganlar haqida biror bir ma’lumot keltirmadi. Uning so‘zlariga qaraganda, qurbonlar shaxsini aniqlash bo‘yicha ish olib borilmoqda, shundan so‘ng ularning qarindoshlari xabardor etiladi.
Andre yengil jarohatlar bilan jabrlanganlar 13 kishi ekanligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq bir kishi olgan jarohatlari oqibatida halok bo‘lganligi, shu tariqa otishma oqibatida qurbon bo‘lganlar soni o‘n kishiga yetganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning Myunxen shahridagi Olympia-Einkaufszentrum savdo markazida otishma sodir bo‘ldi.
Izoh (0)