Germaniyaning Myunxen shahridagi Olympia-Einkaufszentrum savdo markazida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: Russia Today

Foto: Russia Today

Politsiya vakili Klaudiya Kvenselning so‘zlariga qaraganda, voqea joyida keng miqyosli politsiya operatsiyasi boshlandi. Kompleks politsiya tomonidan o‘rab olindi, odamlar evakuatsiya qilindi.

Guvohlarning ta’kidlashicha, yer ostidagi yo‘lda va qahvaxonada o‘q ovozlari eshitilgan.

Turli axborot kanallarida 15 nafargacha qurbon borligi aytilmoqda, ammo politsiya vakili bu raqamni tasdiqlamadi. AFP va CNN bir kishi halok bo‘lgani, o‘n kishi yaralanganini bildirmoqda.

Otishma to‘xtaganiga qaramay, lekin aholiga voqea joyiga yaqinlashmaslik tavsiya etilmoqda.

Taxmin qilinishicha, hujumni bir kishi uyushtirgan va u metro orqali voqea joyini tark etgan.