Turkiyada o‘lim jazosining qayta tiklanishi Yevroittifoqning emas, xalqning irodasiga bog‘liq. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘ CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Xalq tomonidan o‘lim jazosiga talab bor. Prezidentimiz tegishli qonun unga taklif etilsa, uni imzolashini aytdi”, — ma’lum qildi vazir.
U hukumat o‘lim jazosini qaytarish masalasini o‘rganib chiqayotganini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya parlamenti mamlakatda favqulodda vaziyat joriy etilishini ma’qulladi, bu esa prezident va hukumatga parlament aralashuvisiz qonun qabul qilish imkonini beradi.
“Biz Yevroittifoq nuqtai nazarini inobatga olamiz, ammo biz uchun birinchi darajali narsa millat nuqtai nazaridir”, — xulosa qildi Bo‘zdog‘.
Izoh (0)