Xitoy poytaxtida kuchli yomg‘irlar tufayli transport tartibsizligi yuzaga keldi, ko‘chalarning bir qismi allaqachon suv ostida qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shahar markazida 13 ta yirik magistral suv ostida qolgan, 164 ta yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar to‘liq yoki qisman qatnovni to‘xtatdi, shuningdek, metropolitenning ba’zi liniyalari yopilgan. Suv toshqiniga qarshi kurashish boshqarmasi aholiga imkon boricha shaxsiy transportdan foydalanmaslikni tavsiya qildi.
Televideniyening ma’lum qilishicha, G‘arbiy temiryo‘l vokzali deyarli faoliyatini to‘xtatgan, 60 dan ortiq reys bekor qilingan. Tezyurar poyezdlarning harakati vaqtincha barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘xtatilgan. “Shoudu” aeroportida 20-iyul, chorshanba kechqurun 237 ta reys bekor qilingan.
Mamlakat hududlarining ko‘pchilik aholisi suv toshqini, ko‘chki va tosh ko‘chishi xavfidan ogohlantirilgan. Pasttekislikda joylashgan aksariyat hududlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.
Izoh (0)