Markaziy Xitoyning Tyanmen shahri hududida (Xubey provinsiyasi) bir necha kundan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli 21-iyul, payshanba kuni damba buzilib ketdi. Hukumat suv ostida qolgan tumanlardan 34 mingga yaqin aholini evakuatsiya qildi. Bu haqda “Sina” axborot portali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Dambaning shikast yetgan qismi kattalashayotganligi va suv sathi oshishda davom etayotganligi ta’kidlanmoqda. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Xitoyning turli tumanlarida iyun oyi oxiridan buyon kuchli yomg‘irlar davom etmoqda. Davomli yog‘ingarchiliklar suv toshqini va ko‘chkilarni yuzaga keltirdi.
Hukumatning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida mamlakatning 1,5 mingdan ortiq uyezdiga zarar yetgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 237 kishi halok bo‘lgan, yana 93 kishining bedarak yo‘qolganligi qayd etilgan.
Izoh (0)