Yamanning vaqtinchalik poytaxti Adanda shahri markazida sodir etilgan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Dar al-Mansur tumanidagi nazorat-o‘tkazish punkti oldida sodir bo‘ldi. Punktga yaqinlashgan xudkush tanasiga mustahkamlangan portlovchi uskunani harakatga keltirdi.
Izoh (0)