Braziliya terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Neymar Facebook asoschisi Mark Sukerbergga garovda yutqazib qo‘ydi, deb xabar berdi “Chempionat”.
Har ikki mashhur shaxs telefondagi maxsus mobil dastur yordamida to‘pni yerga tushirmasdan kim ko‘proq ushlab turish borasida bellashib ko‘rdi. Neymar o‘ziga berilgan imkoniyatdan 29 ochko jamg‘argan bo‘lsa, Sukerberg to‘pni yerga tushirmasdan 37 bor zarba bera oldi.
Mobil dasturda Facebook asoschisidan ustun bo‘la olmagan Neymar javob tariqasida Mark Sukerbergni haqiqiy futbol to‘pida xuddi shu amalni bajarishga chaqirdi. Sukerberg bunga qanday javob bergani ochiqlanmagan.
Izoh (0)