Fransiya maxsus xizmatlari yaqinda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati davomida bir necha teraktlarning oldini oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyov ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Yil davomida terrorchilik faoliyatiga aloqadorligi fosh etilgan 160 kishini qo‘lga oldik. Maxsus xizmatlarimiz ko‘plab teraktlarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymadi. Bir qator hujumlar Yevro–2016 o‘tkazilishi davomida ham sodir etilishi mumkin edi”, — deb ta’kidladi vazir.
Izoh (0)